Ariza yuborish Qo'ng'iroq qilish

KREDITLASH HAQIDAGI SO`NGI XABARLAR. O‘zbekistonda onlayn kredit olish tartibi vaqtincha o‘zgarmoqda tafsilotlar

KREDITLASH HAQIDAGI SO`NGI XABARLAR. O‘zbekistonda onlayn kredit olish tartibi vaqtincha o‘zgarmoqda tafsilotlar
Markaziy bank kelasi oydan onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilmoqda.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratish jarayonida bank kartalari bilan bog‘liq shubhali frod operatsiyalarining oldini olishga qaratilgan vaqtinchalik tartibni joriy qilmoqda.
“Mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan 2025-yilning 1-apreliga qadar amal qiladi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.
Aytilishicha, firibgarliklarning oldini olish maqsadida bir qator rivojlangan davlatlarning tajribasi o‘rganib chiqildi.
“Onlayn kredit ajratishda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi, Avstraliya va Rossiya Federatsiyasida 14 kalendar kunlik, AQShda 3 kalendar kunlik, Kanadada 2 kalendar kunlik “sovish” davri amaliyoti mavjudligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Onlayn kredit ajratishning yangi tartibi

Endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.
Sayt tili