-
Onlayn ariza jo'natish
Iyun oyida O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biriga aylandi, deb xabar bermoqda World Gold Council.
Oy davomida jahon markaziy banklarining zaxiralari 12 tonnaga oshdi. Oltin sotib olish hajmi 31 tonnani, sotish 18 tonnani tashkil etdi.
Qimmatbaho metalning asosiy xaridorlari O‘zbekiston Markaziy banki va Hindiston zaxira banki bo‘ldi – har biri 9 tonnadan. Polsha 4 tonna, Qatar 3 tonna, Iordaniya va Chexiya har biri 2 tonnadan, Turkiya 1 tonnadan sotib oldi.
Iyun oyida oltin sotish bo’yicha yetakchi Singapur Markaziy banki bo’ldi – 12 tonna. Qozog‘iston Milliy banki 6 tonna oltin sotdi.
Yil boshidan buyon O‘zbekiston tomonidan sotilgan oltinning sof hajmi qariyb 7 tonnani tashkil etdi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha mamlakat uchinchi o’rinni egalladi va Tailand (10 tonna) va Filippin (25 tonna) dan keyin joylashgan. Qimmatbaho metalning asosiy xaridorlari Turkiya, Hindiston va Xitoy edi.
Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 293,7 million dollarga kamayib, 36,34 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning jismoniy hajmi 9,3 tonnaga oshdi, ammo valyuta zaxiralari deyarli 800 million dollarga qisqardi.
Iyun oyida oltin narxi bir untsiya uchun 2350 dollardan 2325 dollargacha (-1%) pasaydi. Ammo 1 avgust kuni oltin narxi tarixiy maksimal darajaga ko‘tarilib, troya untsiyasi uchun 2501 dollardan oshdi.